Bu haqda Chexiya temir yo'llari kompaniyasi rahbariyati xabar berdi.

“Chorshanba kuni  IC 546 poyezdi yuk mashinasi bilan to'qnashib ketdi. Bizning hamkasbimiz, mashinist halok bo'ldi”, deyiladi xabarda. “Mashina temir yo'l kesishmasida poyezd yo'lini to'sib qo'ydi”. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, poyezdning 15 yo'lovchisi jabrlangan.

Temir yo'lning favqulodda holat yuz bergan qismida kun bo'yi poyezdlar harakati to'xtatildi. InterCity 546 Ostravan tezyurar yo'lovchi poyezdi temir yo'l jadvaliga ko'ra, Praga va Chexiya shimoli-sharqidagi Bogumin shahri o'rtasida harakatlanadi, deb xabar beradi tass.ru.