Unga ko'ra, nosozlik seshanba kuni tushdan keyin sodir bo'lgan. Oqibatda respublika hududining 99 foizi elektr energiyasiz qoldi. Bundan tashqari, Argentinaning ikki viloyatida elektr ta'minoti bilan bog'liq muammolar kuzatilgan.

Qayd etilishicha, elektr energiyasi bilan bog'liq muammolar Santyagoda metro qatnovining to'xtatilishiga sabab bo'lgan. Chili poytaxti yo'llarida svetoforning ishlamasligi sababli tirbandlik yuzaga keldi.

Rasmiylar hodisa sabablarini o'rganmoqda. Ichki ishlar vaziri Karolina Toaning so'zlariga ko'ra, elektr ta'minotidagi katta uzilishga mamlakat shimolidagi elektr uzatish tarmog'ining nosozligi sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. U, shuningdek, gap milliy energiya tarmog'iga hujum haqida bormayotganini ta'kidladi, deb xabar beradi rg.ru.