Chilida o'rmon yong'inlari deyarli 500 gektar maydonni qamrab oldi, jarohatlanganlar bor

    Chili markazidagi Valparaiso viloyatida davom etayotgan o'rmon yong'inlari oqibatida yetti kishi jabrlandi.

    O'rmon yong'inlari deyarli 500 gektar maydonni qamrab oldi.

    Valparaisoda to'rtta faol yong'in o'chog'i yuzaga kelgan. Limache kommunasi yong'inlardan eng ko'p jabr ko'rdi.

    “Limache kommunasidagi yong'inda yetti kishi jabrlandi, yong'in 480 gektar maydonni qamrab oldi va 20 ta uy vayron bo'ldi”, dedi BiobioChile radiostantsiyasi.

    Jabrlanganlar orasida ikki nafar o't o'chiruvchi ham bor, ular yong'inni o'chirish vaqtida kuyish jarohatini olishgan. Yong'in xavfsizlikni ta'minlash uchun Limache va Vilya-Alemana kommunalarini bog'laydigan F-62 avtomagistralini yopishga qaror qilindi. Marga-Marga viloyatida yong'in xavfining qizil darajasi e'lon qilindi.

    Bundan tashqari, radiostantsiya ma'lumotlariga ko'ra, huquq-tartibot xizmatlari o't qo'yganlikda gumon qilinayotgan shaxsni Vilya-Alemana va Kilpue kommunalari o'rtasidagi chegarada qo'lga olishgan.

    Yong'in tarqalishi tufayli 300 kishi, jumladan, 19 nafar keksa bemor evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi mir24.tv.