Bu 800 kilogramm og'irlikdagi gigant shokolad.

Har yili minglab sayyohlar mintaqa ramzi bo'lgan Vilyarrikani tomosha qilish uchun kelishadi, ular uchun bayram festivallari tashkil qilinadi. Bu yerda har doim noodatiy shirin taomlarni ko'rishingiz mumkin. Bu yilgi syurpriz – vulqonning shokoladdan tayyorlangan nusxasi bo'ldi. Uni tayyorlash uchun bir hafta vaqt ketdi.

Vilyarrika vulqoni qishki sport ixlosmandlari orasida juda mashhur. Bu yerda bir nechta kurort mavjud. Ekstremal sport muxlislari uchun banji-jamping attraksioni bor, deb xabar beradi mir24.tv.