Chilonzor tumanida qalbaki 20 000 AQSH dollarlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

    Tezkor tadbirda muqaddam sudlangan J.A. va boshqalar noqonuniy daromad orttirishni koʻzlab jinoyatga qoʻl urgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan J.A. va boshqalar noqonuniy daromad orttirishni koʻzlab, Chilonzor tumani, 6 mavzesida jami 400 dona 50 AQSH dollarlik qalbaki 20 000 AQSH dollarini fuqaro K.N.ga 10 000 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.