Chilonzor tumani G35 mavzesida joylashgan oʻrta bosim d-100mmli boʻlgan gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan. Hozirda “Chilonzortumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan gaz sizib chiqish holatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli Chilonzor tumanidagi “Guliston” MFY hududida joylashgan 22 ta koʻp qavatli uylardagi jami 1 108 ta aholi xonadonlarida hamda “Boxoriston” MFY hududida joylashgan 23 ta koʻp qavatli uylardagi jami 1 247 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatildi.

Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.