Vaqtinchalik chora uzoq vaqt davomida foydalanishda boʻlgan elektr taʼminoti kabellarini, transformatorlarni modernizatsiya qilish hamda shu orqali isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgani aytiladi.
Qayd etilishicha, Chilonzor tumanidagi - ATS-277, 126, 127, “Novza”, “Oriyent Finans Bank” Chilonzor filiali hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” banki, “Rohat” mehmonxonasi, “Oʻzenergosozlash” UK, “Sezam” radiokanali, “Minor” kinostudiyasi, Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi, “Inter Kapital” QK, “Navbahor Sanoat” MCHJ, Geodeziya va kartoggrafiya milliy markazi, Bozor islohotlari instituti, Bolalar shifoxonasi, Gʻofur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, Chilonzor tibbiyot kolleji, Toshkent tibbiy diognostika markazi, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi, Nafis Sanʼat litseyi, Chilonzor tuman hokimligi, Musiqiy komediya teatri (operetta), Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, shuningdek, Chilonzor C mavzesi, 3-6-mavzelar, “Gavhar”, “Dombirobod”, “Katta Doʻmbirobod”, “Naqqoshlik”, “Qozirobod”, “3-Katta Chilonzor” hamda “Katta Navbahor” MFYlarining koʻchalari vaqtinchalik elektr taʼminotidan uziladi.