Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Shu yilning 24-sentyabr kuni 1980-yilda tugʻilgan R.O. qizi J.R. (2010-yilda tugʻilgan) tahsil oladigan Yashnobod tumanidagi 204-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga borib, maktab rahbariyati bilan tortishib, maktab direktorining MMIB oʻrinbosari Gʻ.M. (ayol) ga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan. Ayoldan jamoat joyida tartibiga rioya qilishi soʻralganida, maktab hududida Milliy gvardiya va IIO xodimlariga nisbatan gʻayriijtimoiy munosabatda boʻlib, ularining qonuniy talablarini bajarmasdan keskin qarshilik koʻrsatgan. Ushbu noqonuniy harakatlarini R.O. koʻplab maktab oʻquvchilari koʻz oʻngida sodir etgan.
Maʼlumotlarga koʻra, 25-sentyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudida mazkur ish koʻrib chiqildi.
R.O. sud tomonidan MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 194-moddasining 1-qismi (Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik) va 197 (5) moddasi (Taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish) bilan aybdor deb topilib, unga 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi, BHM ning 3 baravari (1 020 000 soʻm) va BHMning 7 baravari (2 380 000) soʻm jarima jazosi tayinlandi.
Shu bilan birga, R.O. ning Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumtaʼlim maktabda 6-sinf oʻquvchisiga nisbatan sodir etgan harakati yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligini eslatamiz, — deyiladi xabarda.
Pedagog va tarbiyachilar tegishli vazifa yoki lavozimga tayinlanishidan avval maxsus psixologik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak. Nomunosib xulqli, bola sogʻligʻi uchun xavfli shaxslar taʼlim-tarbiya muassasalarida faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyish mumkin emas.