“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga karshi kurashish boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Milliy gvardiya va ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining ichki hududdagi noqonuniy aylanmasi fosh qilindi.
Poytaxtimizning Chilonzor tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda oldindan tezkor kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda, bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam noqonuniy yoʻllar bilan respublikamizga olib kirilgan 205 ta qogʻoz qutida 2 turdagi pirotexnika vositalari qonunga xilof tarzda saqlanayotganligi fosh boʻldi.
Rangli tutun chiqaruvchi va uchqun sachratuvchi mazkur pirotexnika vositalarining umumiy miqdori 24 ming 637 donani, qiymati esa dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 737 mln. soʻmni tashkil qilmoqda.
Hozirda mazkur pirotexnika vositalari vaqtincha saqlovga olindi hamda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.