“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK xabarida taʼkidlanishicha, kuni kecha Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan ishlangan “Chilonzor: Poytaxt qalbi” hujjatli filmining namoyishi boʻlib oʻtdi.

“Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi tomonidan suratga olingan film Toshkent shahridagi Chilonzor tumani tashkil etilganligining 60 yilligiga bagʻishlanadi. Unda tumanning oʻtgan asrlardagi voqeliklaridan to bugungi kunga qadar boʻlgan tarixi va holati haqida hikoya qilinadi”, - deyiladi xabarda.

Film ssenariy muallifi Shohrux Rasulov, postanovkachi rejissyorlar Shohrux Rasulov va Gʻayrat Moʻminov, postanovkachi operatorlar Aziz Normatov, Hursan Ali Tilavoldiyev, ijrochi prodyuser Davronxoʻja Abdugʻaniyev.