Ushbu nufuzli sport anjumanida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi ham ishtirok etish istagini bildirgan.

Terma jamoamiz aʼzolari kuni kecha Jakarta shahriga yetib bordi. Mamlakatimiz sport delegatsiyasi tarkibidan 23 kishi oʻrin olgan boʻlib, shundan 18 nafarini sportchilar tashkil qiladi.

Terma jamoamizni musobaqaga katta murabbiy Marsel Askarov tayyorlagan.

Osiyo xokkey federatsiyasi kubogi uchun oʻtayotgan musobaqa vakillarimiz uchun yilning eng asosiy starti – XIX yozgi Osiyo oʻyinlari oldidan oʻziga xos koʻrik vazifasini oʻtab beradi.