Tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev, Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi R.Shoabdurahmonov, Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi B.Ahmedov, Osiyo chim ustida xokkey federatsiyasining ijrochi direktori Mohammed Tayab Ikram, Toshkent shahar hokimi maslahatchisi I.Joʻrayev hamda Yashnaobod tumani hokimi B.Rahmonqulov ishtirok etdilar.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz loyiha ikki bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, birinchi bosqichda yaʼni 2021-yilda chim ustida xokkey maydoni quriladi, ikkinchi bosqichda esa 6 qavatli 50 ta oʻrinli mehmonxona bunyod etiladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.