Voqea joyiga xavfsizlik xodimlari yetib borgan. Ular bilan noma'lum qurollangan erkak o'rtasida otishma sodir bo'lgan.
Soqchilardan biri yaralangan.
Qurollangan erkak politsiya tomonidan qo'lga olindi.
Ma'lum bo'lishicha, erkak O'zbekiston fuqarosi bo'lib, Chimkentda ijaraga olingan xonadonda yashaydi. Undan arralangan ov miltig'i va o'g'irlangan zarbsiz “Saygak” karabini olib qo'yildi.
Hozirda voqea joyida tergov guruhi ishlamoqda. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilmoqda, deb xabar beradi Qozog'iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.