Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Shu yilning 16-iyul kuni tungi soat 00:28 larda Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi "Chimyon" yongʻin-qutqaruv otryadiga Katta Chimyon togʻida 2 nafar fuqaro aylangani kelib, adashib qolganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushdi.
Xabarga asosan aytilgan manzilga zudlik bilan bir guruh FVV qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bordi. Amalga oshirilgan saʼy-harakatlar natijasida fuqarolar sogʻ-salomat topilib, tungi soat 02:53 da xavfsiz hududga olib tushildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.