Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, Toshkent viloyati FVBga Boʻstonliq tumani “Chimyon“ mahalla hududidagi “Chimyon“ togʻiga bir nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yoʻldan adashib qolishi natijasida togʻdan tusholmay qolganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadi aytilgan manzilga yetib borgan va fuqaro togʻdan xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olganlar yoʻq.








