Chingiz Ahmarov ijodi mutaxassislar nigohida

    Oʻzbekiston davlat tasviriy sanʼat muzeyi fondida uning qalamiga mansub 40 dan ortiq rangtasvir, 400 ga yaqin grafik asarlar saqlanmoqda.

    Oʻzbekiston xalq rassomi, Davlat mukofoti laureati Chingiz Ahmarov nafaqat oʻzbek tasviriy sanʼati, shuningdek xorijiy ijodkorlar eʼtiborida. U oʻzidan avvalgi musavvirlarning ijod namunalari, anʼanalari asosida oʻziga xos, betakror asarlar yaratgan.

    Uning ijodiy ishlari mamlakatimizning qator muzeylarida saqlanadi. Oʻzbekiston davlat tasviriy sanʼat muzeyi fondida uning qalamiga mansub 40 dan ortiq rangtasvir, 400 ga yaqin grafik asarlar saqlanmoqda. 1944-47 yillarda Alisher Navoiy teatri foyesiga uning “Xamsa”si mavzulari asosida chizgan mahobatli devoriy rasmlar va yana koʻplab binolar devorlariga chizgan va boshqa ijodiy ishlari hozirgacha eʼtiborda.

    Kuni kecha Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida mashhur rassomning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan mutaxassislar qatnashgan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

    Unda muzey direktori Vasila Fayziyeva, Oʻzbekistonning Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari Bahodir Jalolov, sodiq Rahmonov, rassom Shahnoz Abdullayeva, muzey ilmiy xodimi Saodat Shodmonova va boshqalar Ch.Ahmarovning hayoti va ijod yoʻlidagi turli ibratli voqea va hodisalar, ijoddagi masʼullik, shogirdlar bilan ishlash uslubi, yoshlarning komil inson boʻlib yetishishiga eʼtibor berishlari boʻyicha fikr-mulohazalarini bayon etishdi.

    Tadbirda turli soha mutaxassislari, rassomlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, talaba yoshlar qatnashdi.

    Hasan Abdunazarov