Chingiz Aytmatovning rafiqasi vafot etdi

    Bu haqda yozuvchi nomidagi xalqaro jamg'arma matbuot xizmati xabar berdi

    20-aprel kuni Qirgʻizistonda yashab ijod qilgan qirgʻiz adibi, koʻplab xalqlarning sevimli, taniqli yozuvchisi Chingiz Aytmatovning rafiqasi vafot etdi.

    Mariya Aytmatovaning oʻlimiga koronavirus sabab boʻlgan. Eslatib oʻtamiz, Mariya Aytmatova 79 yoshda edi.

    Maʼlumot uchun, Chingiz Aytmatov va Mariya Aytmatovaning ikki nafar farzandi bor – bir oʻgʻil, bir qiz. Mariya Aytmatova erining vafotidan soʻng Chingiz Aytmatov nomidagi fondni boshqarib kelgan.