Shifoxonaning ochilish marosimida Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov ishtirok etdi.
Taʼkidlash joizki, ushbu shifoxona bunyod etilishiga 23,5 milliard soʻm sarflandi. Muassasa eng zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan boʻlib, bemorlarga aniq tashxis qoʻyish, samarali davolash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bolalar boʻlimi, shoshilinch tez yordam, terapiya va tugʻruqxona boʻlimlari, umuman olganda, 140 oʻrinli mazkur zamonaviy shifoxonada nafaqat Chinoz tumani, balki qoʻshni viloyatlar va tumanlar aholisiga ham sifatli va samarali tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatiga ega.
Bu yerdagi malakali shifokorlar samarali faoliyat yuritishi, kasallikka chalingan fuqarolarning sifatli tibbiy yordam olishlari, hatto, bemorlarni koʻrishga kelgan yaqinlari uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.