Shu yilning 30-aprel kuni Chinoz tumanida yashagan 1995-yilda tugʻilgan ayol “Toshkent-Samarqand” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan tez yurar yoʻlovchi poyezdi tagiga oʻzini tashlashi oqibatda vafot etgan.
Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tekshirish oʻtkazilib, sodir boʻlgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.