Aniqlanishicha, joriy yilning 4 iyun` kuni soat 06:20 da “Xovos-Toshkent” yo'nalishidagi 6453-sonli shaharlararo elektropoezdi “Chinoz-Olmazor” bekatlari oralig'ida harakatlanib o'tayotgan vaqtida 1987 yil tug'ilgan M.S.ni (ayol) urib yuborgan. Natijada fuqaro M.S. voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, M.S. epileptsiya kasalligiga chalinganligi va bir necha marta uyidan chiqib ketib qolganligi holatlari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.