Toshkentdagi ko'prik ustida yuk avtoulovi ag'darilib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 20 sentyabr kuni taxminan soat 10:30 larda Yakkasaroy tumani KXAY ko'chasidagi ko'prik ustida haydovchi, 1975 yilda tug'ilgan V.A. boshqaruvidagi "HOWO ZZ3" rusumli davlat raqami 01 613 TJA bo'lgan yuk avtoulovida qurilish chiqindilarini ortib ketayotgan vaqtida ko'prik ustida boshqaruvni yo'qotib ko'prikning chetki qismiga ag'darilgan.
Natijada haydovchi V.A. “chap qo'l tirsak sohasi ezilib yirtilgan jarohati” bilan kasalxonaga olib borilgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazilmoqda.