Maʼlum boʻlishicha, Chirchiq daryosida uch nafar bolalar choʻmilish maqsadida daryo oʻrtasidagi orolchaga suzib borishgan. Ammo suv sathining keskin koʻtarilganligi va oqim tezlashganligi tufayli orqaga qaytishni imkoni boʻlmay qolgan.
Mazkur holat boʻyicha, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan belgilangan hududga yetib borishdi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, orolchada qolib ketgan uch nafar bolalar maxsus kichik hajmli kemada qirgʻoqqa olib oʻtilib ota-onalariga topshirildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, fuqarolarimizdan suv havzalarida choʻmilayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni hamda faqat ruxsat berilgan suv havzalarida choʻmilishingizni soʻraymiz" deyiladi xabarda.