​Hodisa joyiga Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hamda boshqa mas’ul xizmatlar xodimlari yetib borib, vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rmoqda.

Qirg‘oqni mustahkamlash ishlarini muvofiqlashtirish uchun idoralararo maxsus shtab tuzildi.

​Hodisa oqibatida atrofdagi bino-inshootlar, obyektlar hamda aholi xonadonlariga zarar yetmagan. Ayni vaqtda ular uchun hech qanday xavf mavjud emas.

​Toshkent shahar hokimligi va mas’ul idoralar tomonidan vaziyat to‘liq nazoratga olingan.