Quyidagilar Institutning 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) hisoblanadi:
-taʼlim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish;
-ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish;
-Institut pedagog kadrlarining bilim va malaka, kasbiy tayyorgarlik darajasini hozirgi kun talablari asosida oshirish;
-xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Institutning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini taʼminlash;
-Institut moddiy-texnika bazasini rivojlantirish.
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Institutda:
- oʻquv dasturlari oʻzaro yaqin boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha asosiy va qoʻshimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tizimi;
- hamda Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Qaror bilan, Institut quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga ega boʻldi:
-Institut huzuridagi texnikumning oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, uning tuzilmasini, oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini belgilash;
-ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda oʻquv rejalaridagi amaliy mashgʻulotlar hajmini oshirish, haftada bir kunlik amaliyot tajribasini qoʻllash;
-xorijiy mutaxassislarni konsultant, maslahatchi va oʻqituvchilar sifatida jalb qilish va ularga Institutning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik maosh toʻlash.