Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Karyera kuni“ tashkil etildi

    Chirchiq davlat pedagogika universitetida talabalar uchun “Karyera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri boʻlib oʻtdi.

    Qayd etilishicha unda turli mulkchilik shaklidagi tashkilot va muassasalar oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan 38 ta ish beruvchi va 3500 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi.

    Shuningdek, ushbu tadbirda joriy oʻquv yilida universitetni tamomlayotgan bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar ish beruvchilar eʼtiboriga havola qilindi.

    “Karera kuni“ axborot-tanishtiruv tadbiri yakunlari boʻyicha ish beruvchilar talabalar bilan suhbatlar oʻtkazib, ularning ishga joylashish va amaliyot oʻtash uchun yoʻllanmalar berildi.

    Shuningdek, tadbir davomida innovatsion hamkorlik doirasida muammoli mavzular boʻyicha tadqiqotlar olib borish, oʻquv rejalariga amaliyotchi mutaxassislar takliflarini eʼtiborga olgan holda oʻzgartirishlar kiritish, talabalarning malakaviy amaliyoti va tajriba oshirishini tizimli ravishda tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.

    Tadbir davomida yirik kompaniya vakillari tomonidan mahorat darslari ham oʻtkazildi.