Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIBBning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq Davlat pedagogika instituti kafedra mudiri A.N. fuqaro U.ni ushbu institutning Jismoniy tarbiya fakulteti sirtqi boʻlimiga oʻqishga kiritib quyish evaziga 4 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.