Ochilish marosimida Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov, IT Park hududiy vakillari va «Audiotele" kompaniyasi rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida tomonlar raqamli xizmatlar sohasida investitsiyalarni jalb qilish va ish oʻrinlarini yaratish muhimligini taʼkidladilar.
Yangi filial 150 dan ortiq kishini, shu jumladan, autsorsing va mijozlarga xizmat koʻrsatishning tez rivojlanayotgan sohasida karyera boshlashni xohlovchi yoshlarni ish bilan taʼminlash imkonini beradi.