Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil 9 iyul kuni soat 09:20 larda Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida tug‘ilib, Chirchiq shahar Konstruktorchilar dahasidagi 9-uyda ota-onasi va singlisi bilan birga yashagan 26 yoshli D.R. shu uyning 8-qavatidan o‘zini tashlab yuborgan. U olgan tan jarohati natijasida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgunga qadar yigitda (marhum) ruhiy holati buzilishi kuzatilgan.

Hozirda  holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlar olib borilmoqda.