Chirchiqda ogʻir atletika boʻyicha mamlakat birinchiligi yakuniga yetdi

    Sport 1 Aprel 2023 976

    Uning soʻnggi kunida erkaklar oʻrtasida -109 kg va +109 kg vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi.

    Kutilganidek, -109 kg toifasida kechgan bahslarda yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati sovrindori Sharofiddin Amriddinov gʻalaba qozondi. Eng ogʻir vaznda esa Muhammad Yusupov oltin medal sohibiga aylandi. Natijalar:

    -109 kg:
    Oltin medal — Sharofiddin Amriddinov (Samarqand) – 375 (170+205) kg
    Kumush medal — Nurbol Abdurashidov (Toshkent vil) – 329 (154+175) kg
    Bronza medal — Ruslan Irisboyev (OʻzDJTSU) – 318 (143+175) kg

    +109 kg:
    Oltin medal — Muhammad Yusupov (Xorazm) – 374 (177+197) kg
    Kumush medal — Mirhosil Mirzaboyev (Toshkent vil) – 350 (160+190) kg
    Bronza medal — Shohruh Abdullayev (Toshkent sh) – 252 (111+141) kg