Chirchiqda prokurorlar munosib taqdirlandi

    Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

    Unda Chirchiq shahar hokimi Sanjar Yusupov, shahar prokurori Baxtiyor Ibrohimov, Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, deputatlar, sektor rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    Soʻzga chiqqanlar prokuratura tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarni kasb bayramlari bilan tabriklab, mamlakatimizda sohaga qaratilayotgan eʼtibor tufayli huquq-tartibot organlari haqiqiy xalq himoyachisiga aylanganini alohida eʼtirof etdi.

    Mahmud Toirning qonun posbonlariga bagʻishlab aytgan sheʼrlari yigʻilganlar qalbiga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

    Tadbir soʻnggida prokuratura xodimlari Chirchiq shahar hokimligi tomonidan munosib taqdirlandi.