Seminarda qayd etilishicha, bugun Chirchiq shahridagi 44 ta mahallada 44 nafar shijoatli yoshlar yetakchilari faoliyat koʼrsatmoqda. Ular "Yoshlar balansi"ni shakllantirib, zarur maʼlumotlarni "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalariga kiritib bormoqda. Shuningdek,  mahallalarda yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yigit-qizlar beshta muhim tashabbus doirasidagi toʼgaraklarga qamrab olinyapti. Bu kabi vazifalarni bajarishda mahallalardagi yoshlar yetakchilariga zarur koʼmak, amaliy yordam koʼrsatish, tavsiyalar berish taqazo etiladi. Аna shu omillar inobatga olinib, Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport univesiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika instituti kafedralariga, professor oʼqituvchilariga tajriba tariqasida  44 ta mahalla fuqarolar yigʼinidagi yoshlar yetakchilari biriktirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar “Yashil yillik” umummilliy loyihasi doirasida universitet hududiga mevali va manzarali daraxt koʼchatlarini  qadadi, ekilgan har bir daraxtning parvarishiga masʼul belgilandi.  Mazkur aktsiya shu kuni shahardagi barcha mahalla fuqarolar yigʼini kesimida davom etdi.  

Qayd etish joizki, shaharda yashil maydonlarni kengaytirishda nodavlat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, Mahalla xayriya jamoyat fondining Chirchiq shahar boʼlinmasi homiyligi va tashabbusi asosida oʼtgan yilning kuzida va ayni mavsumda  3 ming tupga yaqin daraxt koʼchatlari  keltirildi.

– "Mahalla " xayriya jamoat fondi tomonidan Oʼrmon xoʼjaliklaridan shartnoma asosida ayni bahor mavsumida 1800 ta manzarali  koʼchatlar xarid qildik, – deydi"Mahalla" xayriya jamoat fondi Chirchiq shahar boʼlinmasi raisi, Xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashi deputati Oʼtkir Tojiboev. – Keltirilgan manzarali koʼchatlar  mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari tomonidan oʼtkazilayotgan hasharlarda nafaqat Chirchiq shahrining shoh koʼchalari boʼyi, balki mahallalar ichidagi boʼsh yer maydonlariga ham ekilyapti, hududimiz  koʼkalamzorlashtirilyapti.