Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi hamda Chirchiq avtomobil maktabi hamkorligida tashkil etilgan mazkur kubok bellashuvlarida viloyatning barcha tuman va shaharlaridan 100 nafar yosh biatlonchilar ishtirok etdi.

Murosasiz va qiziqarli oʻtgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga koʻra, 1998-2002-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida B.Suyunova birinchi oʻrinni, Sh.Mahmudova ikkinchi, D.Baxtiyorova uchinchi oʻrinni egalladi. Xuddi shu yosh toifasidagi oʻgʻil bolalar bahsida B.Bekov birinchi, Yu.Abdullayev ikkinchi, O.Mamatqulov uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

2003-yilda tugʻilgan oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi musobaqada M.Urkinbayev (1-oʻrin), S.Husanov (2-oʻrin), X.Mahkamov (3-oʻrin) kuchli uchlikdan joy oldi. 2003-yilda tugʻilgan qizlar orasida S.Tohirova birinchi, A.Ayidinova ikkinchi, I.Tojibayeva uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, shohsupaga koʻtarildi.

Umumjamoa hisobida faxrli birinchi oʻrinni Boʻstonliq tumani jamoasi egalladi. Chirchiq shahri jamoasi ikkinchi va Parkent tumani jamoasi uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʻlari bilan taqdirlandi.