Tezkor tadbir jarayonida tumanning “Oltindala” mahallasida yashovchi 1984-yilda tugʻilgan A. tungi soat 21:00ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni moddiy manfaatdorlik evaziga tashkil qilgani maʼlum boʻldi. Bu haqda Chiroqchi tumani hokimligi axborot xizmati maʼlumot tarqatmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro oʻz uyida 3 nafar mehmonlariga qimor oʻynashga sharoit yaratib bergan. Tezkor tadbir jarayonida 600 ming soʻm miqdordagi pullar va oʻyin qartalari ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan. Huquqbuzur fuqarolarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.