Musobaqada respublika miqyosida 300 ga yaqin yosh polvon g'oliblik uchun gilamga tushdi. O'g'il bolalar belbog'li kurashning belbog'li kurash va erkin yo'nalishida 11 vazn toifasida, qizlar esa faqat erkin yo'nalishida 7 vazn toifasida kuch sinashdi.

Ikki kun davom etgan qizg'in va murosasiz bellashuvlarda qizlar o'rtasida Madina Jo'rayeva (Qashqadaryo, -30 kg. vazn toifasi), Xushnoza Vohidjonova (Namangan, 33 kg. vazn toifasi), Birobiya Bahodirova (Andijon, -36 kg. vazn toifasi), Charosxon Abdullayeva (Farg'ona, 40 kg. vazn toifasi), Mushtariybonu Zohidova (Farg'ona, 44 kg. vazn toifasi), Kumushxon Qahramonova (Farg'ona, 48 kg. vazn toifasi), Mushtariybonu Muhammadsobirova (Farg'ona, 52 kg. vazn toifasi), Maftuna Turdaliyeva (Andijon, +52 kg. vazn toifasi) birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

O'g'il bolalar o'rtasida belbog'li kurash yo'nalishida Azizbek Foziljonov (Namangan, 27 kg. vazn toifasi), Omadjon Adhamov (Andijon, 30 kg. vazn toifasi), Abubakr Anvarov (Farg'ona, 33 kg. vazn toifasi), Zaynobiddin Sobirov (Namangan, 36 kg. vazn toifasi), Otabek Shavkatov (Toshkent v., 40 kg. vazn toifasi), Muhammadqodir Qodirjonov (Namangan, 44 kg. vazn toifasi), Bobirjon Biloliddinov (Andijon, 48 kg. vazn toifasi), Muhammadyusuf Abduxolisov (Namangan, 52 kg. vazn toifasi), Shoxruh Rahmatov (Toshkent v., 55 kg. vazn toifasi), Abdulloh Yo'ldoshyev (Andijon, 60 kg. vazn toifasi), Pahlavon Ergashaliyev (Namangan, +60 kg. vazn toifasi) g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi.

Erkin yo'nalishda esa Dilshodbek Abdug'ofurov (Sirdaryo, 27 kg. vazn toifasi) Omadjon Adhamov (Andijon, 30 kg. vazn toifasi), Behruz Mavlonov (Sirdaryo, 33 kg. vazn toifasi), Diyorbek Qurbonov (Farg'ona, 36 kg. vazn toifasi), Ahmadxo'ja Nazirxo'jayev (Farg'ona, 40 kg. vazn toifasi), Fayozbek Mahmadov (Toshkent v., 44 kg. vazn toifasi), Nurali Qoraboyev (Qashqadaryo, 48 kg. vazn toifasi), Javohir Sadriddinov (Buxoro, 52 kg. vazn toifasi), Ayubxon Adhamov (Farg'ona, 55 kg. vazn toifasi), Ilyos Dilmurodov (Buxoro, 60 kg. vazn toifasi), Nurmuhammad Parmonov (Navoiy, +60 kg. vazn toifasi) larga teng keladigan polvon topilmadi.

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tayyorlagan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Ilhom Rahmonov