Uy-joy kommunal vazirligi mutasaddilari ayni damda ushbu muammoni joyida oʻrganmoqdalar. Muammoning yechimi, unga sarflanadigan moddiy taʼminot, aholining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish chora-tadbirlari oʻzaro muhokama qilindi. Vaziyatni oʻrganish asnosida mutaxassislar jami 3 ta, yaʼni suv toʻplanadigan, suvni filtrlaydigan hamda turli tozalash jarayonidan oʻtkazadigan obyektlarni koʻzdan kechirdilar. Mahalliy mutaxassislarning taʼkidlashicha, bundagi asosiy muammo Chodak suv inshootida suvning yoʻqligi bilan bogʻliqdir.

Maʼlum boʻlishicha, 2020-2021-yil davomida Investitsiya dasturi doirasida “Chodak-1” va “Chodak-2” inshootlari orqali aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 8,0 mlrd soʻm evaziga, 12,2 km (7,2 km D-400, 5 km D-200) magistral tarmoq tortish rejalishtirilgan va ayni kunlarda bu boradagi ishlar qizgʻin davom ettirilmoqda.

Hozirgi kunga qadar pudrat tashkiloti tomonidan 10,1 km magistral tarmoq tortish ishlari yakunlangan. Ushbu MFYlarni ichimlik suv taʼminotini yaxshilash uchun dastlabki hisob-kitoblarga koʻra jami 9899 mln. soʻm, jumladan 12,2 km yaroqsiz holdagi ichimlik suvi tarmoqlarini toʻliq rekonstruksiya qilish hamda suv inshootlariga zararsizlantirish uskunalarini oʻrnatish uchun 5229 mln. soʻm, 5060 ta xonadonlarni ichimlik suvi tarmogʻiga ulash uchun 7 km uzunlikdagi ichki ichimlik suv tarmoqlari tortishga 3170 mln. soʻm, “Oʻrta Xonobod” suv toʻplash inshootiga qoʻshimcha ravishda hajmi 500 m3 boʻlgan 2 ta toza suv saqlash xovuzi va filtr stansiyasi qurish uchun 1500,0 mln. soʻm mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan.


Natijada Chodak qishlogʻida yashovchi 32169 nafar aholining 27344 nafari (85 foizi) ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.