Isroil qishloq xoʻjaligi sohasi rivojlanishi boʻyicha dunyoda yetakchi davlatlar safida.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, mamlakat ekinlarni iqlim sharoitiga moslashtirish, qurgʻoqchilikka yuz tutgan yerlarga ishlov berish, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish boʻyicha namunaviy tajribaga ega.

Maʼlumki, Orolqum — dunyodagi eng yosh sahro boʻlib, uning taʼsiri kelajak ekotizimiga ham tahdid soladi.

Mana shu taʼsirlarni yumshatish va u yerdagi ekotizmni saqlab qolish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri isroillik mutaxassislarni Orolboʻyiga taklif qildi.