Ertala 16-dekabr kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
17-19-dekabr kunlari respublikaning koʻpchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.
Harorat 17-dekabrda kechasi 1-4 daraja iliq, kunduzi 4-7 daraja iliq boʻladi, 18-19-dekabrda kechalari harorat asta-sekin 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 0-3 daraja iliq boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, 17-18-dekabrda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkentda: bugun ertalab biroz qor yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 3-5 daraja iliq boʻladi.
Ertaga 16-dekabr kuni kechga tomon yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq boʻladi.
17-19-dekabrda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, 18-19 dakabrda qorga aylanadi) boʻladi. Harorat 17-dekabrda kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq boʻladi, 18-19-dekabrda kechalari harorat asta-sekin 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 0-3 daraja iliq boʻladi.