Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Bel olish va uchkurash assotsiatsiyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur chempionatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 400 ga yaqin sportchilar gʻoliblik uchun bellashmoqda.

Chempionat reglamentiga muvofiq, dastlab bel olish boʻyicha kuchlilar nomi aniqlandi. 44 kg.da Abror Rustamov (Surxondaryo), 48 kg.da Abdulaziz Rustamov (Toshkent sh.), 52 kg.da Botirali Yoqubov (Fargʻona), 52 kg.da Sevinch Habibullayeva (Andijon), +65 kg.da Ruxsorabegim Joʻraboyeva (Fargʻona) kabi isteʼdodli yosh sportchilar bel olish kurashning belgilangan yoʻnalishlarida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Bel olish kurashi boʻyicha bellashuvlar yakuniga yetgach, gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Shohsupadan joy olgan yosh polvonlar diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandi.

Musobaqa dasturiga koʻra, bugundan 2004-2005-yillarda tugʻilgan oʻgʻil-qizlar uch kurash boʻyicha mamlakat chempionligi uchun bahslarga kirishdi.