Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan “Ulugʻ-Nur” fermer xoʻjaligida AQSHning “RHOTON GLOBAL” kompaniyasining konsultatsiya va loyihalar boʻyicha bosh koordinatori janob Mayk Rods ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda fermer xoʻjaligi rahbari Ulugʻbek Komilov, viloyat “Chorvanasl” boʻlimi Ohangaron tumani vakili Ulugʻbek Turgʻunov, tadbirkor Shavkat Komilov ishtirok etdi.
Muzokaralar chogʻida Oʻzbekistonning issiq iqlim sharoitiga mos chorva nasllarini yaratish, ozuqa mahsulotlarining unumdorligini oshirishga qaratilgan fikr-mulohazalar, gʻoyalar ilgari surildi.
Xorijlik mehmonlar bilan bu boradagi ishlarni “Ulugʻ-Nur” fermer xoʻjaligi misolida amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.