Qadimdan chorvachilik Surxondaryo ahlining doimiy mashg'ulotlaridan biri bo'lib kelgan. Har xonadonda bo'lmasa ham, har ikkidan bir uyda chorva mollari boqiladi. Odamlar kundalik iste'mol mahsulotlarining ma'lum qismini xonadonidagi chorva, parranda mollaridan oladi.

Vohada aholining go'sht, sut va tuxum maxsulotlariga bo'lgan ehtiyojini to'laroq  qondirish maqsadida chorva mollarining tuyoq sonini  oshirish, hududning iqlim sharoitiga mos keladigan zotli qoramollarni xorijdan bo'lsada olib kelinishi hamda xalqimizning oziq-ovqat maxsulotlariga, xususan go'sht, sut va tuxum  maxsulotlariga bo'lgan extiyojini to'la qondirish borasida tizimli  ishlar amalga  oshirilmoqda.

Natijada, 2022-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, Surxondaryo viloyatida  barcha toifadagi xo'jaliklarda yirik shoxli mollar 1 023,6  ming bosh, ya`ni  o'tgan yilga nisbatan 103 foizga o'sgan. Shundan sigirlar 396,3 ming  bosh, qo'y va echkilar 2 478,7 ming bosh, otlar 15 436  bosh, parrandalar 5 079,7 ming bosh ko'payishiga erishilgan.

Birgina Qumqo'rg'on  tumani misolida oladigan bo'lsak, tumanda nafaqat qoramollar,  balki  parrandachilikning  xadisini  olgan tadbirkorlar ham mavjud. Ulardan biri qumqo'rg'onlik Meliboy Boboyev. U kishi tumanning adirlik joyidan 2 gektar yer maydoni olib, unga parrandachilik kompleksi qurib ishga tushirdi. Natijada kompleksga 15 ming boshdan ziyod parranda  parvarishlanmoqda, egaligidagi parrandalar kuniga 11 mingtadan ziyod tuxum maxsulotlari  berishyapti.

Olingan maxsulotlar nafaqat ichki bozorlar, balki qo'shni respublikalarga ham etkazib berilmoqda. Pirovardida, yangi ishga tushirilgan parrandachilik  kompleksida 10 nafar ish o'rni yaratilib, mahalliy aholimizning ish bilan bandligi ham ta`minlanmoqda.

Parrandachilikka  ixtisoslashtirilgan  yana  4 ta  istiqbolli  loyihalar  amalga oshirilishi  uchun 8 milliard 36 million so'm  mablag'  ajratilgan va bu loyihalar  bo'yicha  yana 10 gektar  yer  maydoni ajratilishi ko'zda  tutilgan.   Ushbu   ishlarni   amalga  oshirilishidan   ko'zlangan   asosiy  maqsad  aholini  parxezbop  go'sht  va tuxum  maxsulotlariga  bo'lgan  ehtiyojini  qondirishdir.

  Zoyir  QULIYEV,

“O'zagroinspektsiya”ning Surxondaryo  viloyat  boshqarmasi

bosh  inspektori