Joriy yil may oyining birinchi oʻn kunligida “Oʻzagroinspeksiya”ning Chorvachilikda naslchilik ishlarini nazorat qilish yoʻnalishida jami 667 ta nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Shundan, 608 tasini monitoring va 59 tasini tekshirishlar (shundan 37 tasi xabardor qilish tartibida)tashkil qiladi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan jami 60 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilinib, 16 ta holatda taqdimnomalar, 129 ta holatda yozma koʻrsatma va 520 ta ogohlantiruv berilib, sodir qilinishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarni oldini olish choralari koʻrilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari, tegishliligi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jami 17 ta, shundan 15 ta sudlarga va 2 ta prokuratura organlariga materiallar yuborildi.
Shuningdek, may oyining birinchi oʻn kunligi davomida, aniqlangan huquqbuzarliklar hamda koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan jami 113 million 844 ming soʻm pul mablagʻlari davlat byudjetiga tushishi taʼminlandi.
Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boshqarmasining joylardagi inspektorlari tomonidan yil davomida har bir hududda chorvachilik subyektlarida naslchilik ishlariga rioya etilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar kunlik oʻrganilib, tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda bu borada yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrib borilmoqda.
B.Eraliyev,
“Oʻzagroinspeksiya” Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boshqarmasi oʻrinbosari