Chorvachilikning sutchilik tarmogʻi jadal rivojlantiriladi

    Agrosektor 14 May 2025 1219

    “Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokidagi “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-172-son, 14.05.2025-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi

    Jumladan:

    — Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 320 ta mahallaga, sut yetishtiruvchi 12 mingta aholi va dehqon xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi 100 ta sut yigʻish punktini tashkil etish;
    — 865 nafar aholi va dehqon xoʻjaligiga sutni qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish va modernizatsiya qilishga 250 ming AQSH dollarigacha imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish;
    — sut yetishtiruvchi va sotib oluvchilarni birlashtiradigan Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy taʼminotini ishga tushirish.

    Loyihani amalga oshirish davri 7-yil (2025–2031-yillar) etib belgilangan.