"Chotqol" tog'larida og'ir ahvolda qolgan ayol qutqarildi

    Dolzarb 24 Aprel 2023 1154

    Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markaziga xabar kelib tushgan.

    22 aprel` kuni soat 15:30 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markaziga viloyatning Parkent tumanidagi "Chotqol" tog'larida sayohat qilib yurgan ayolning oyog'i qayrilib ketishi natijasida tan jarohati olib, yura olmayotganligi va unga yordam zarur ekanligi haqida xabar kelib tushgan.

    Xabarga asosan, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga jalb qilingan Parkent tumani FVBning bir guruh qutqaruvchilari tomonidan tan jarohati olgan fuqaroga amaliy yordam ko'rsatildi.
    Ayni payt yordam ko'rsatilgan fuqaroning ahvoli yaxshi.