Chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarib olindi

    Kecha, 3-noyabr kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasida kabel oʻtkazish maqsadida qazilgan 2,5 metrli chuqurlikka fuqaro oʻz ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketdi.

    Uni olib chiqishda amaliy yordam soʻrab, FVBga soat 19:14 da xabar tushdi, deya xabar qiladi FVV axborot xizmati.

    "Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi", deyiladi xabarda.