Dehqonchilik, chorvachilik azaldan xalqimiz uchun oilaviy mehnat turi, og'ir mashaqqatlar ortidan keladigan daromad manbai bo'lgan. Hosildorlik dehqonning o'z harakati, bilimi, urug'ni yerga qadashdan tortib, mahsulotni sotishgacha bo'lgan jarayonlarni qanchalik uddalashiga bog'liq bo'lgan. Zamona zaylini qarangki, bugun yurtimizda dehqonchilik, chorvachilik qilaman, degan oilaga barcha agrotadbirlar mutasaddilar, qolaversa, mahallalarda tashkil etilgan “Tomorqa xizmati” MCHJlar ko'magida amalga oshirilyapti. Kerak bo'lsa, ularga dehqonchilik, chorvachilik ilmi o'rgatilyapti.
Prezidentimiz raisligida joriy yil 16-fevral kuni chorvachilik sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ana shu ishlarni yanada kengaytirish haqida so'z bordi. Xonadonlarda kooperatsiya orqali chorvani ko'paytirishda namunali hududlar, xususan, Namangan viloyati Chust tajribasini ommalashtirish ta'kidlandi. Tumanda aholiga 2-3 tadan naslli qoramol tarqatish, veterinariya xizmatlarini bepul ko'rsatish, gidroponika usulida ozuqa etishtirishni yo'lga qo'yishda biz tomorka xizmati korxonalari namuna sifatida ko'rsatilib, faoliyatimizga katta ishonch bildirildi.
Haqiqatan, 2018-yilda sinov tariqasida ilk bor tashkil etilgan “Tomorqa xizmati” korxonalariga yil sayin talab ortib boryapti. Joylarda aholi tomorqa erlarini shudgorlash, zarur urug'lik va ko'chat etkazib berish, xonadonlarga ixcham issiqxona qurib berish, echki, qo'y, parranda, asalari uyalari, quyon yetkazib berish kabi xizmatlarni “Tomorqa xizmati” korxonalari orqali tashkil etish yo'lga qo'yildi. Endi mahsulot etishtirgan yoki parranda, chorva mollaridan har kuni oziq-ovqat mahsuloti tayyorlaydigan oilalar xaridor izlab ovora bo'lmaydi, “Tomorqa xizmati” MCHJning o'zi sotib oladi.
Bizning “Chust Tomorka xizmati” MCHJ korxonamiz ham 2018-yildan buyon tumanning barcha mahallalaridagi oilalarga xizmat ko'rsatib kelyapti. Ilk davrlarda xonadonlarga agrotexnik xizmatlar ko'rsatish, ko'chat yetishtirib, tomorqalarga tarqatishni yo'lga qo'yilgan bo'lsa, keyinchalik faoliyat yo'nalishlarimiz kengayib bordi. 2019-yildan boshlab aholiga shartnoma asosida nasldor chorva mollari etkazib beryapmiz. Bugunga qadar korxonamiz tomonidan “Bir maxallla — bir maxsulot” tamoyili asosida 92 ta axoli xonadoniga 1 sotixli issiqxona qurib berilib, 3 mingdan ortik xonadonlarga 650 bosh koramol, 1140 bosh kuy, 450 ming dona ko'chatlar, 45 ming dona kuvvatli inkubatorda 30 mingdan ortik uy tovuklari tarqatildi.
Ayni paytda chorvachilik va parrandachilikka katta e'tibor qaratayotganimiz bejiz emas. Boisi, bu yo'nalish oilalar farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Qadim zamonlarda xonadonida bitta bo'lsa ham sigiri bor oila boy hisoblangan. Xonadon a'zolari har kuni sut mahsulotlari iste'mol qilgan. Hozir ham mahallabay ishlash tizimi asosida ana shu tajribani ommalashtirishni maqsad qilganmiz. Parranda, chorva mollari oilalar dasturxonini sut, tuxum, go'sht kabi kundalik iste'mol mahsulotlari bilan to'ldirish barobarida, mazkur yo'nalish odamlarni ish bilan ta'minlaydi, xonadonlar byudjetiga qo'shimcha daromad olib kiradi.
Shu bois, Chust tumani aholisining chorvachilikka qiziqishi ortib boryapti. Qoramollarni odamlar talabidan kelib chiqib, shartnoma asosida 2-3 tadan yetkazib beryapmiz. Nasldor chorva mollarni asosan Qozog'iston va Qirg'iz respublikalaridan olib kelamiz. 20 kun davomida karantinda saklanib, ularga zarur veterinariya xizmati kursatiladi. So'ng talabgor xonadonlarga tarqatiladi.
Bitta zotdor mol o'rtacha 15—20 litr sut beradi. Xonadon egalari ixtiyoriga qarab, sutni ham o'zimiz sotib olamiz. Korxonamizda Xitoydan keltirilgan sutni kayta ishlash dastgohi mavjud. Ularda sut qayta ishlanib, olingan tayyor sut, kaymok, smetana, tvorog, qatiq maxsulotlari maktabgacha ta'lim muassasalari hamda ichki bozorga etkazib beriladi.
Chorva xayvonlari uchun ozuka bazasi yaratish bo'yicha ham ishlarni tashkil etganmiz. Tumanimizda bu masalada yetishmovchiliklar borligi hamda aholi xonadonlarida chorva ko'payib, yem-hashakka ehtiyoj ortib borayotgani sabab, “Gidroponika” texnologiyasi asosida ozuqa yetishtirish yo'lga qo'yildi. Bu so'nggi yillarda ommalashyotgan innovatsion usul bo'lib, 1 kilogramm bug'doy maxsulotidan 7-8 kilogrammgacha ozuka olishga erishiladi. Bu tejamkor usul ozuka maxsulotlari narxining pasayishiga ham xizmat qilmoqda. Qolaversa, tajribada sut maxsulotlarining yog'lilik darajasi 2,7—3,6 foizga oshishiga erishildi. Shu bois, mazkur texnologiyani axoli xonadonlarida ham boskichma-boskich o'rnatish ishlarini olib boryapmiz. Bundan tashqari, chorva mollarining holati, salomatligi ham doimiy nazoratimizda. Zarur hollarda, ularga bepul veterinariya xizmati ko'rsatiladi.
Yaqindan parrandachilikni ham faol boshladik. Avvallari korxonada inkubator bo'lmagani bois, xonadonlarga ko'p ham parranda tarqatilmagan. Xitoy davlatidan 45 ming kuvvatli inkubator olib kelingach, 2021-yil kuz faslida axoliga 30 mingta maxalliy tovuklar etkazib berildi.
Bir so'z bilan aytganda, yurtdoshlarimizning ishli bo'lishi, xonadonlarga daromad kirishi yo'lida doimiy izlanishdamiz. YUrtboshimiz tumanimizdagi tajribani alohida ta'kidlaganlaridan quvondik. Albatta, boshqa hududlardagi tomorqa xizmati korxonalari bilan ishlarimizni o'rtoqlashish, Chust tajribasini targ'ib qilishga tayyormiz.
Murodjon SIDDIKOV,
“CHust Tomorka xizmati” MCHJ rahbari