Chust tuman Tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi B.S. “Ch.O.” MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan tibbiyot birlashmasiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish uchun oʻtkazib berilgan 1,3 mlrd soʻm evaziga MCHJ ish boshqaruvchi M.M.dan ushbu mablagʻlarning 10 foizi miqdorida “ulush” talab qiladi.
Shundan 2 300 AQSH dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda ыщlga tushadi.
Uning koʻrsatuviga asosan tadbir davom ettirilib, birlashma bosh shifokori S.K. bosh hisobchidan 2 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.