Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Bektemir tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazishdi. Tadbir davomida, fuqarolar X.N., Gʻ.X.lar 9 dona karton qutilarda umumiy qiymati 60 million soʻmlik 2000 dona “STOPER 2GM” nomli dori vositalarini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida xodimlar tomonidan toʻxtatib qolindi.

Yana bir holatda fuqaro F.Q. umumiy qiymati 76 million soʻmlik sifati kafolatlanmagan 2000 dona “Flenoks 0.4 ml” nomli dori vositalarini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Navbatdagi tezkor tadbir Chilonzor tumani hududida oʻtkazildi. Tadbir davomida, fuqarolar I.M. va S.I. xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 105 million soʻmlik 6000 dona “Gracide-S 1,5g” nomli dori vositalarini shartli xaridorga 10 100 AQSH dollari evaziga sotayogan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan toʻxtatib qolindi.

Yana bir holatda fuqaro N.D. xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 166,5 million soʻmlik jami 4500 dona “Baktazon 1,5 g.” nomli dori vositalarini shartli xaridorga 10 000 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida xodimlar tomonidan qoʻlga olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.