Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bankning BXM boʻlimi boshligʻi O.R. fuqarolar tomonidan omonat uchun topshirilgan pullarni bank kassasiga kirim qilmagani aniqlangan.

U shu bilan birga, mablagʻlar bank kassasiga kirim qilinganligi haqida omonat hisobvaraqlariga soxta maʼlumotlar kiritgan.

Tekshiruv davomida O.R. 1,3 mlrd soʻmni oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.