Sirdaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

    Mamlakatimizda 30 Aprel 2021 1263

    Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi etib Isakulov Shoxrux Norkulovich tayinlandi.

    Shoxrux Isakulov 1991-yilda tavallud topgan. 2011-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari Kanzas Shtati “Nyuman" universiteti (Newman University), 2014-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari Kanzas Shtati “Frends” universiteti (Friends University)ni tamomlagan.

    Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.