Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, vakolatxona mamlakat moliya bozorini oʻrganish va davlat organlari hamda moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
Maʼlumot uchun, CitiBank AS — CitiBankning (AQSH) Turkiya Respublikasidagi shoʻba banki hisoblanadi.
CitiBank dunyo boʻylab 180 dan ortiq mamlakatlarda chakana, korporativ, investitsion bank xizmatlari hamda aktivlarni boshqarish xizmatlarini taqdim etuvchi yetakchi moliya tashkilotlaridan biri hisoblanadi.








